Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

yash_mak_14_04_22_ici1

yash_mak_14_04_22_ici2

Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz boʻylab yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi.

yash_mak_14_04_22_ici3

yash_mak_14_04_22_ici4

Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng koʻlamli loyihaga barcha birdek hissa qoʻshishi lozimligi taʻkidlandi.

yash_mak_14_04_22_ici5

yash_mak_14_04_22_ici6

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda.

yash_mak_14_04_22_ici7

yash_mak_14_04_22_ici8

Xususan, Davlat statistika qoʻmitasi jamoasi tomonidan Toshkent shahri Yangihayot tumanining “Yangi turmush”, “Humo”, “Toshkent”, “Olchazor” va “Xushnud” mahallala koʻchalarida, xonadonlar atrofida hamda hovlisida koʻchat ekish xohishi boʻlgan fuqarolarga 2400 tup oʻrik, nok, olcha va olma mevali daraxt koʻchatlari berildi.

yash_mak_14_04_22_ici9

Shuningdek, tuman hokimiyati va mahalla vakillari bilan mazkur koʻchatlarning parvarishi va sugʻorilish ishlari nazorati boʻyicha kelishib olindi.

Matbuot ximzati