2022- yilning 1- aprel holatiga koʻra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 10 865 tani tashkil etgan.
Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,9 % ga oshgan.
2022- yilning yanvar-mart oylarida axborot va aloqa sohasida 615 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 612 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni boʻyicha eng koʻp ulushga ega boʻlgan hududlar:
Toshkent shahri – 227 ta
Samarqand viloyati – 68 ta
Fargʻona viloyati – 44 ta
Toshkent viloyati – 37 ta



