Oʻzbekiston 2022-yilning dastlabki ikki oyida  12 ta xorijiy davlatga qiymati 10,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan.

Ipak va ipak mahsulotlari eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 mln. AQSH dollariga oshgan.

2022- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston eng koʻp ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:

 Xitoy – 3,4 mln.

Vyetnam – 2,7 mln.

Tojikiston – 1,8 mln.

Eron – 1 mln.

Hindiston – 959 ming

BAA – 279 ming

Koreya – 196 ming

Turkmaniston – 156 ming AQSH dollari

2 oyda xorijga eng koʻp ipak mahsulotlarini eksport hududlar:

 Samarqand viloyati – 3 mln.

Qashqadaryo viloyati – 1,7 mln.

Buxoro viloyati – 1,5 mln.

Andijon viloyati – 1,1 mln. AQSH dollari

savdo_ichi_180422