2022- yilning 1- aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 479 086 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 475 465 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 96 750 ta
Toshkent viloyati – 45 079 ta
Samarqand viloyati – 42 762 ta
Farg‘ona viloyati – 41 074 ta
Andijon viloyati – 36 641 ta
Qashqadaryo viloyati – 32 257 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 161 294 ta
sanoatda – 91 161 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 48 488 ta
qurilishda – 44 729 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 33 362 ta

Matbuot xizmati


