Hududlar kesimida 2022- yil yanvar-fevral oylarida aholi jon boshiga qurilish ishlari hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent shahri – 1361,5 ming so‘m yoki, 2021- yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 101,2 %, undan keyin mos ravishda Navoiy (474,4 ming so‘m yoki 95,1 %), Sirdaryo (385,8 ming so‘m yoki 75,0 %), Toshkent (374,2 ming so‘m yoki 94,4 %), Buxoro (365,7 ming so‘m yoki 97,3 %) va Qoraqalpog‘iston (324,1 ming so‘m yoki 95,5 %) viloyatlari egalladi.



