2022- yilning yanvar-mart oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 5649,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 119,1 % ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 2,6 % punktga ko‘payib, 23,5 % ni tashkil etdi.



