2021- yil yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 16 052,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 3,7 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 35,2 % ga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan 0,4 foiz punktga oshdi.



