2022- yilning yanvar-mart oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 14,7 trln. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 29,4 % ini tashkil etdi.
Ta’kidlash joizki, 2021 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 30,1 % ga ko‘paydi hamda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning asosiy qismi korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi.



