Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2022- yil yanvar-mart oylarida bu xizmatlarning ulushi 25,2 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar moliyaviy xizmatlar (24,6 %), transport (20,9 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (6,4 %), shuningdek, ta’lim sohasidagi xizmatlar bo‘yicha (3,9 %) qayd etildi.Kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlarining salmog‘I nisbatan pastroq bo‘lib, ulushi 1,7 % ga teng.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlarning tarkibi:
Savdo xizmatlari – 25,2 %;
Moliyaviy xizmatlar – 24,6 %;
Transport xizmatlari – 20,9 %;
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 6,4 %;
Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 3,9 %;
Boshqa xizmatlar – 3,5 %;
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 2,8 %;
Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 2,8 %;
Shaxsiy xizmatlar – 2,6 %;
Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 2,0 %;
Ijara xizmatlari – 1,8 %;
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –1,8 %;
Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 1,7 %.

Matbuot xizmati


