2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 162,8 trln. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 5,8 % ga o‘sdi.
2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM tarkibida katta bo‘lmagan o‘zgarishlar kuzatildi. YAIM (YAQQ) tarkibida sanoatning ulushi 32,3 % dan 32,5 % ga, qurilish tarmog‘i 6,9 % dan 7,0 % ga, xizmatlar sohasi 46,9 % dan 47,3 % ga oshdi. Shu bilan birga, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 13,9 % dan 13,2 % ga kamaydi.



