2022- yil yanvar-mart oylarida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 549,5 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarilib, respublika bo‘yicha bajarilgan jami qurilish ishlari tarkibidagi ulushi 2,3 % ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,7 % punktga kamaydi.
Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 23522,1 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarilib, respublika bo‘yicha bajarilgan jami qurilish ishlari tarkibidagi ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,7 % punktga ko‘payib, 97,7 % qayd etildi.



