Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

yashilll_27_04_22_ici1

yashilll_27_04_22_ici2

Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz boʻylab yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi.

yashilll_27_04_22_ici3

yashilll_27_04_22_ici4

Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng koʻlamli loyihaga barcha birdek hissa qoʻshishi lozimligi taʻkidlandi.

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda.

yashilll_27_04_22_ici5

yashilll_27_04_22_ici6

Xususan, Davlat statistika qoʻmitasi jamoasi tomonidan Toshkent shahri Yangihayot tumanining “Yangi turmush”, “Navqiron”, “Do‘stlik”, “Olchazor” mahallalasi, 566-MTMda 500 tup mevali daraxt koʻchatlari ekildi, xonadonlar atrofi hamda hovlisida koʻchat ekish xohishi boʻlgan fuqarolarga  ko‘chatlar berildi.

yashilll_27_04_22_ici7

Shuningdek, tuman hokimiyati va mahalla vakillari bilan mazkur koʻchatlarning parvarishi va sugʻorilish ishlari nazorati boʻyicha kelishib olindi.

Matbuot ximzati