Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizda ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan hashar alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bor.

ichi-300422-yamak1

yashil1

yashil2

Shu munosabat bilan Davlat statistika qo‘mitasida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Erta tongdan ahil jamoa a’lo kayfiyatda va hamjihatlikda hashar ishlariga faol qatnashdi.

yashil3

yashil4

yashil6

Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati boshchiligidagi qo‘mita va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi tashabbusi bilan Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hamjihatlikda hashar o‘tkazilmoqda.

yashil7

yashil8

Shuningdek, Yangihayot tumanidagi mahallalarda turli xil mevali daraxt koʻchatlari ekildi, xonadonlar atrofi hamda hovlisida koʻchat ekish xohishi boʻlgan fuqarolarga  ko‘chatlar berildi.

Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.

Matbuot xizmati