Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi  “Oʻzbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4796-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2020-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi milliy statistikasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 84- bandi ijrosi yuzasidan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari haqidagi statistik maʼlumotlar sifatini yanada yaxshilash, mahalliy davlat hokimiyati organlari va respublika tashkilotlari iqtisodchi xodimlarining “Statistika asoslari” oʻquv kursi boʻyicha amaliy bilimlarini oshirish maqsadida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor-oʻqituvchilari – Hayitmurod Xо‘jaqulov va Faxriddin Umarov oʻquv mashgʻulotlarini olib bordilar.

Mazkur o’quv kurslarida, asosiy statistik ko‘rsatkichlar, makroiqtisodiy tahlida statistik koʻrsatkichlarning o’rni, milliy statistikani xalqaro statistikaga integratsiyasini amalga oshirish yuzasidan axborot berildi.

O’quv kurslarida qatnashgan ishtirokchilarga guvohnomalar taqdim etildi.

ichi-060522-institut2

instit1

instit2

instit3

instit4

instit5

instit6

instit7

instit8

instit9

Matbuot xizmati