2022- yilning 1- may holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 816 tani tashkil etgan.
Joriy yilning yanvar- aprel oylarida ushbu sohada 612 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 102,3 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
2022- yil yanvar- aprel oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:
Toshkent shahri – 115 ta
Samarqand viloyati – 76 ta
Farg‘ona viloyati – 66 ta
Toshkent viloyati – 55 ta



