2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida YAHM hajmi joriy narxlarda 8 077,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 14,7 % ga o‘sdi. Quyidagi asosiy tarmoqlarda ijobiy o‘sish kuzatildi: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 102,7 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 20,1 %), sanoatda 141,0 % (30,1 %), qurilishda 106,7 % (6,5 %) va xizmatlar sohasida 104,8 % (43,3 %). Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 2 477,1 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-martiga nisbatan 12,4 % ga o‘sdi.



