2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida YAHM 7 002,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 3,1 % ga o‘sdi. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,1 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 25,6 %), qurilishda 102,8 % (10,0 %), xizmatlarda 107,7 % (43,7 %)ni tashkil etdi. Shuningdek, 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining solishtirma narxlarda kamayishi kuzatildi va 93,8 % (mazkur tarmoqning YAHM tarkibidagi ulushi – 20,7 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 1,5 % ga o‘sdi va 3 536,7 ming so‘mni tashkil etdi.



