2022- yil yanvar-mart oylarida hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida kuzatildi – 53,5 % yoki 1962,2 mlrd. so‘m.

Qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng quyi daraja Sirdaryo viloyatida kuzatilib, 16,1 % ni yoki 479,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Jizzax viloyatida mashina, uskunalar va inventarlarga xarajatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich – 62,3 % yoki 1123,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.


