O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi.

Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O’zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Ushbu jarayonga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasining hududlardagi boshqarma xodimlari tomonidan xonadonma-xonadon yurilib uylarning  raqamlanish holati o‘rganilmoqda.

Mazkur jarayonlardan fotolavhalar:

perrr_10_05_22_ici1

perrr_10_05_22_ici2

perrr_10_05_22_ici3

perrr_10_05_22_ici4

perrr_10_05_22_ici5

perrr_10_05_22_ici6

perrr_10_05_22_ici7

Matbuot xizmati