2022- yilning 1- may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 484 935 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 89 508 tani (ulushi 18,5 foiz) tashkil qildi.

Xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Toshkent shahri – 12 053 ta

Farg‘ona viloyati – 11 279 ta

Qashqadaryo viloyati – 9 950 ta

Samarqand viloyati – 7 780 ta

Surxondaryo viloyati – 7 236 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

savdoda – 36 650 ta

sanoatda – 15 498 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 737 ta

qurilishda – 6 937 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 5 972 ta

11-may2-ichiga

Matbuot xizmati