2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida YAHM 6 371,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu esa 2021- yilning yanvar-mart oylari ma’lumotlariga nisbatan 6,2 % ga ko‘pdir.

demsns_12_05_22_ici

YAHMning o‘sish sur’ati qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,9 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 20,6 %), sanoatda 108,5 % (18,9 %), qurilishda 106,5 % (8,2 %) va xizmatlar sohasida 106,1 % (52,3 %) kuzatilgan ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. Aholi jon boshiga YAHM 3,9 % ga o‘sdi va 2 168,5 ming so‘mni tashkil etdi.