2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston 23 ta davlatga qiymati 6,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 5,8 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan.

Yeryongʻoq eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming tonnaga kamaygan.
Oʻzbekiston 2022- yilning dastlabki uch oyida eng koʻp yeryongʻoq eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 1,3 ming tonna
Ozarbayjon – 1,2 ming tonna
Rossiya – 572 tonna
Xitoy – 523 tonna
Afgʻoniston – 423 tonna
Turkmaniston – 414 tonna
Pokiston – 325 tonna
Niderlandiya – 190 tonna


