2022-yil 12-may kuni Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida Qozogʻiston iqtisodiyot, moliya va xalqaro savdo universitetining professori, iqtisodiyot fanlari doktori Abduraxmanov Mirzatilla Abdullayevich ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

institut_13_05_22_ici1

institut_13_05_22_ici2

Ushbu davra suhbatida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, institut doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari hamda oʻquv kurslari tinglovchilari ishtirok etishdi.

institut_13_05_22_ici3

Davra suhbatida professor M.Abduraxmanov tadbir ishtirokchilariga Qozogʻiston iqtisodiyot, moliya va xalqaro savdo universitetining faoliyati, oʻzining ilmiy faoliyati va hayot tajribalari toʻgʻrisida gapirib berdi va institut professor-oʻqituvchilari, doktorantlarining ilmiy yoʻnalishdagi ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi, tegishli tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi.  

institut_13_05_22_ici4

institut_13_05_22_ici5

Davra suhbati Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti va Qozogʻiston iqtisodiyot, moliya va xalqaro savdo universiteti oʻrtasidagi 2019-yil 27-martda imzolangan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomaning amaldagi ijrosi sifatida ochiq va doʻstona ruhda oʻtdi.