2022- yilning 1- may holatiga ko‘ra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 10 859 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 108,6 foizga oshgan. 2022- yil yanvar- aprel oylarida axborot va aloqa sohasida 896 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 892 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha eng ko‘p hududlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak:

Toshkent shahri – 351 ta

Samarqand viloyati – 92 ta

Farg‘ona viloyati – 64 ta

Toshkent viloyati – 56 tani tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

retopt_13_05_22_ici