Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahar Yangihayot tumani yoshlari uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.

sheriyat_16_05_22_ici1

sheriyat_16_05_22_ici2

Jumladan, joriy yilning 13-may kuni Yangihayot tumanidagi 285-maktabda Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, shoir Turob Niyoz bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda maktabning faol o‘quvchilari, ustozlar hamda Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti vakillari qatnashdi.

sheriyat_16_05_22_ici3

sheriyat_16_05_22_ici4

Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, shoir shoir Turob Niyoz o’quvchilarga yetuk adabiyot namoyondalarining ijod va hayot yo’llari haqida so’zlab berdi. Shuningdek, tadbir davomida o‘zining ijodiy asarlaridan parchalar keltirdi.

Mazkur uchrashuv tom ma’noda adabiy kechaga aylandi. Maktab o’quvchilari ham tadbirda o’zlari yodlab kelgan she’rlari bilan faol qatnashdi.

sheriyat_16_05_22_ici5

sheriyat_16_05_22_ici6

Tadbir yakunida faol qatnashgan o’quvchilarga badiiy kitoblar sovg’a qilindi.

 Matbuot xizmati