2022- yilning yanvar-mart oylarida Respublikada 506,6 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni tashkil qildi.
Goʻsht yetishtirishning yuqori hajmlari 461,3 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 91,1 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi, aksincha kam hajm 16,4 ming tonna (3,2 %) fermer xoʻjaliklarida kuzatildi.


