2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida YAHM hajmi 3 127,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-marti oylari ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 5,6 % ga ko‘paydi. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,0 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 19,9 %), sanoatda 113,7 % (34,8 %) va xizmatlar sohasida 104,1 % (37,6 %) o‘sish sur’atlari kuzatildi. Shuningdek, 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda qurilish tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining solishtirma narxlarda kamayishi kuzatildi va 84,0 % ni tashkil etdi (mazkur tarmoqning YAHM tarkibidagi ulushi – 7,7 %). Aholi jon boshiga YAHM 3,4 % ga o‘sdi va 3 551,2 ming so‘mni tashkil etdi.



