2022- yilning yanvar-mart oylarida Farg‘ona viloyatida jami 1570,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 107,3 % ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar 14,6 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar 57,5 % hamda norasmiy sektorlarda 27,9 % ni tashkil etdi.



