2022- yilning yanvar-mart oylarida Respublikada 1 864,1 ming tonna sut ishlab chiqarilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 102,2 % ni tashkil qildi.

qishloqq_17_05_22_ici

Sut ishlab chiqarishning yuqori hajmlari 1 760,0 ming tonna yoki umumiy ishlab chiqarish hajmidan 94,4 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi, aksincha kam hajm 20,2 ming tonna (1,1 %) qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda kuzatildi.