2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida YAHM 6,0 % ga o‘sdi va 5 423,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi. YAHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 101,9 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 30,8 %), sanoatda 115,7 % (17,7 %), qurilishda 105,0 % (6,5 %) va xizmatlar sohasida 105,2 % (45,0 %) kuzatilgan o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. Aholi jon boshiga YAHM 4,2 % ga o‘sdi va 2 813,7 ming so‘mni tashkil etdi.



