2022- yil 1- may holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 548 701 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) o‘tgan yilning mos davriga (501 743 ta) nisbatan 46 958 taga oshib, o‘sish sur’ati 109,4 foizni tashkil etdi.

1- may holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:
2017- yil – 283 358 ta
2018- yil – 300 585 ta
2019- yil – 358 757 ta
2020- yil – 419 577 ta
2021- yil – 501 743 ta
2022- yil – 548 701 ta


