18/05/2022

2022- yil 17- may kuni videokonferensaloqa tarzida Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining Turkmaniston davlat statistika qoʻmitasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

turk_18_05_22_ici1

turk_18_05_22_ici2

Tadbirning asosiy maqsadi – statistik ma'lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda tajriba almashish hamda uslubiy masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishdan iborat.

turk_18_05_22_ici3

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-sonli qaroriga muvofiq, Jahon banki ekspertlari ko‘magida ishlab chiqilgan “2020—2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” tasdiqlangan edi.

Ushbu strategiyani amalga oshirish jarayonida rasmiy statistikani ishlab chiqish, tarqatish va baholash bo‘yicha bir qator vazifalar qo‘yildi. Jumladan, xalqaro amaliyotda rasmiy statistikani ishlab chiqishda turli jarayonlarni (masalan, GMIM, GSBPM, GAMSO va NKAF) qamrab oluvchi zamonaviy modellar qo‘llanilmoqda va bu xorijiy mamlakatlarda amaliyotga joriy etilmoqda.

turk_18_05_22_ici4

turk_18_05_22_ici5

Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech