2022- yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 223,4 mlrd. so’mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2021- yilning mos davriga nisbatan o`sish surati 99,7 % ni, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 21,0 % ni tashkil etdi.

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Navoiy shahri (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 38,7 % i) va Qiziltepa tumani (17,8 %)ga to‘g‘ri keldi.


