2022- yilning yanvar-mart oylarida, Namangan viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 81,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2021- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 134,6 % ga bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 7,1 % ni tashkil etdi.
Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Namangan shahri (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 60,3 % i) ga to‘g‘ri keldi.



