2022- yilning yanvar-mart oylarida Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 1,5 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 95,1 % ni tashkil etdi.
Respublika bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalardagi Respublika budjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,0 % punktga kamayib, 3,0 % ni tashkil etdi.