2022- yilning yanvar-mart oylarida Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 281,4 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 219,9 % ni tashkil etdi.
Respublika bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalardagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,3 % punktga ko‘payib, 0,6 % ni tashkil etdi.