Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

hashar_24_05_22_ici1

hashar_24_05_22_ici2

Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz boʻylab yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi.

hashar_24_05_22_ici3

hashar_24_05_22_ici4

Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng koʻlamli loyihaga barcha birdek hissa qoʻshishi lozimligi taʻkidlandi.

hashar_24_05_22_ici5

hashar_24_05_22_ici6

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda.

hashar_24_05_22_ici7

Xususan, Davlat statistika qoʻmitasi jamoasi tomonidan Toshkent shahri Yangihayot tumanining “Fayzli” va “Marhamat” mahallalarida hashar tashkil etildi.

Hasharchilar ekilgan koʻchatlar tagini yumshatib, sug‘orishdi. Tuman hokimiyati va mahalla vakillari bilan koʻchatlar parvarishi va sugʻorilish ishlari nazorati boʻyicha kelishib olindi.

Matbuot ximzati