2022- yil yanvar- aprel oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 32 841 ta bo‘lib, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 481 138 tani tashkil etgan.

Mamlakatimizda yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni yillar kesimida qaralganda quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
2018- yilda – 18 070 ta
2019- yilda – 39 055 ta
2020- yilda – 28 256 ta
2021- yilda – 36 152 ta
2022- yilda – 32 841 ta


