2022- yilning 26- mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti qoshidagi Iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.

Mazkur majlisda Xudoyqulova Hurriyat Berdiyevnaning 08.00.06–“Ekonometrika va statistika” ixtisosligi boʻyicha “O‘zbekiston Respublikasi  hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarining ekonometrik va statistik tadqiqi” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi bo’lib o’tdi.

zashita_1

2

zashita_3

zashita_4

Dissertatsiya himoyasini statistika va ekonometrika bo‘yicha fan doktorlari, professorlardan  tarkib topgan 14 nafar hay'at a'zolari ko‘rib chiqdi.

zashita_5

zashita_6

zashita_7

Himoya natijalariga ko‘ra, dissertantga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishga qaror qilindi va Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatidan kengash qarorini tasdiqlab berish so‘raldi.

 

Matbuot xizmati