2022- yilning yanvar-aprel oylarida hududlar bo‘yicha qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’ati Toshkent shahrida kuzatilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 111,2 % ni tashkil etdi. Shuningdek, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida ham yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilib, mos ravishda 110,7 va 110,2 % ni tashkil etdi.



