2022- yil 1- aprel holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha eng koʻp mobil aloqa abonentlari soni Toshkent shahrida 6 667,8 ming birlikka yetib, jami abonentlar sonidagi ulushi 22,3 %ni tashkil etmoqda. Keyingi oʻrinlarni Fargʻona (3 088,5 ming birlik, ulushi 10,3 %) va Samarqand (2 843,8 ming birlik, 9,5 %) viloyatlari band etgan. Nisbatan kam abonentlar soni esa Sirdaryo (710,3 ming birlik, 2,4 %), Jizzax (985,1 ming birlik, 3,3 %) hamda Navoiy (990,6 ming birlik, 3,3 %) viloyatlarda qayd etilgan.



