Kurash xalqimizning qadimiy milliy sport turlaridan biridir. Soʻnggi yillarda ushbu milliy sport turini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish, bu boradagi xalqimizning qadimiy anʼanalarini targʻib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish  chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  qarori bu borada muhim dasturiamal boʻlmoqda.

Mazkur qaroriga asosan Davlat statistika qoʻmitasi xodimlari oʻrtasida milliy kursh sporti boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

kurash_1

kurash_2

kurash_3

kurash_4

Sport musobaqasida munosib ishtirok etib, gʻolib va sovrindor boʻlgan xodimlarga diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi

Bunday sport musobaqalarini oʻtkazishdan maqsad – xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirish, turli yomon odatlardan voz kechish orqali ishchanlik qobiliyatni oshirishdir.

Matbuot xizmati