2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to‘g‘ri keldi va 43,2 % ga yetdi:
– to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish – 14,7 %;
– oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish – 11,8 %;
– kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish – 7,9 %;
– rezina, plastmassa buyumlar va boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 6,2 %; – avtotransport vositalari, treylerlar, yarim tirkamalar hamda boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish – 5,5 %;
– koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish – 2,0 %;
– asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish – 1,7 %;
– ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish – 7,0 %.



