Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Andijon viloyatida 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 77,7 %ni tashkil etdi.
Shundan:
- bir bolalilar 22,7 %;
- ikki bolalilar 28,1 %;
- uch bolalilar 18,4 %;
- to‘rt va undan ko‘p bolalilar 8,5 %.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 22,3 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.
Matbuot xizmati