09/06/2022

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.f1

Ayni maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son farmoni qabul qilingan. Farmonda nazarda tutilgan vazifalar  ijrosini taminlash yuzasidan barcha tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tadbiq qilishga qaratilgan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

f2

f3

Jumladan, Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi ham muntazam ravishda xodimlar o‘rtasida mini-futbol musobaqasini o'tkazib kelmoqda.Ta’kidlash lozimki, bunday tadbirlar, o`z navbatida, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, jismonan baquvvat va ma`nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi.

f4

f5

Shuningdek, boshqarmada faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, o`zaro hamjihatlik, birdamlik va do`stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.

Matbuot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech