2022- yil yanvar-mart oylarida mashina, uskuna va inventarlarga investitsiyalarning jami investitsiyalarga nisbatan ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax viloyatida kuzatilib, hududdagi jami investitsiyalarning 62,3 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, bu ko‘rsatkich Navoiyda 59,4 %, Sirdaryoda 56,7 %, Namanganda 55,2 %, Toshkent shahrida 53,8 %, Andijonda 50,0 %, Farg‘onada 48,1 %, Samarqandda 47,6 %, Buxoroda 43,4 %, Qoraqalpog‘istonda 42,7 %, Xorazmda 40,6 %, Qashqadaryoda 37,8 %, Surxondaryoda 37,5 % va Toshkent viloyatida 37,3 % ni tashkil etdi.


