14/06/2022

Joriy yilning 13-iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasidan aholini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlari - Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasi Rais o‘rinbosari Janna Vasilevskaya va Bresk viloyati statistika bosh boshqarmasi boshliq o‘rinbosari Tomosheva Natalya tashrif buyurdi.

perep1406_1

perep1406_2

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Belarus Respublikasining aholini ro‘yxatga olishni Internet tarmog‘i orqali va planshet qurilmalari yordamida o‘tkazish tajribasini o‘rganib, respublikamizda uni qo‘llash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Z. Ziyayev, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari Inomxodjayev Kamolxon, Toshpo‘latov A‘zam va Akramova Shaxnozalar ishtirok etishdi.

perep1406_4

perep1406_5

Kun tartibiga muvofiq, 13-14 iyun kunlari aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish borasida uy-joylar ro‘yxatini tuzish va kartografik materiallarni tayyorlash bo‘yicha Belarus tajribasi o‘rganiladi.

Uchrashuvlar 17 iyunga qadar davom etadi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech