2022- yil yanvar-mart yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 1 555,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 2,7 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 20,1 % ga yetdi va o‘tgan 2018- yilning mos davriga nisbatan 1,6 foiz punktga kamaydi.