15/06/2022

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi.

Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O’zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Ushbu jarayonga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududiy statistika boshqarmalari xodimlari tomonidan xonadonma xonadon yurilib uylarning  raqamlanish holati o‘rganilmoqda.

 Mazkur jarayonlardan fotolavhalar:

perep1506_1

perep1506_3

perep1506_4

perep1506_5

perep1506_6

perep1506_7

perep1506_8

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech