2022- yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyatida jami 1634,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 107,1 % ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar 5,3 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar 70,8 % hamda norasmiy sektorlarda 23,9 % ni tashkil etdi.